DREYF OQIM



DREYF OQIM (gollandcha drijveh — suzish, haydash) — shamol va oqim ta’sirida okean va dengiz suvi ustki qatlamining o’ziga xos harakatga kelishi. Ishqalanish ta’sirida suv dengiz tagiga tomon tusha boradi. Dreyf oqim nazariyasini F. Nansen yaratgan; bu nazariyani shved geofizigi va okeanografi V. Ekman 1906 yilda matematik yo’l bilan isbot qilgan. Yerning aylanishi natijasida Dreyf oqim dengiz yuzasida shimoliy yarim sharda 45° o’ngga, Janubiy yarim sharda 45° chapga buriladi. Dengiz tagiga chuqurlashgan sari oqim ko’proq burila boradi va muayyan chuqurlik (200 metr) da oqim suv yuzasidagiga nisbatan boshqacha yo’nalishda oqadi.

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz