DRESVA
DRESVA — tog’ jinslarining nurashidan hosil bo’lgan tsementlanmagan hosilalar (mayda shag’al). 1 — 10 millimetr kattalikdagi o’tkir qirrali, tog’ jinsi yoki mineral bo’laklaridan iborat. Ko’pincha tub jinslar atrofida yig’iladi. Dresvani sun’iy yo’l bilan toshlarni maydalab ham olinadi. O’zbekistonda Chatqol, Qurama, Nurota, Zirabuloq, Ziyovuddin, Qoratepa va boshqa tog’larda intruziv jinslar — gabbro, granodiorit, granit va alyaskitlarning yer yuzasida ochilib qolgan joylarida uchraydi. Qurilishda ishlatiladi.
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
TEZ YUK MARKAZ
Yuk markaz elonlari yuk yuborish va yuk tashish
Guruhga kirish
Uzpedia.uz