Drenaj quvurlari




Drenaj quvurlari — gorizontal yopiq drenajning suv yigʻish va uni okizib yuborish vazifalarini baja-ruvchi qismi. D. q. sopol, asbest-sement, beton, temir-beton, plastmassa, govak materiallar (plastobeton, keramzit shisha) va b.dan yasaladi. Sopol D. q. keng tarqalgan, uning devori bir xil gʻovakli, zanglamaydi va uzoq muddat chidaydi (tajriba uchastkalarida ular 40 yildan ortiq xizmat qiladi). Hozirgi sharoitlarda melioratsiyada qishloq xoʻjaligi yerlaridagi drenaj shoxobchalarini toʻla mexanizatsiyalashga imkon beradigan va texnologik jarayonning uzluksizligini taʼminlaydigan egiluvchan gofrirlangan (qovurgʻali) plastmassa quvurlar keng qoʻllanilmoqda. Oʻzbekistonda yerning meliorativ holatiga qarab diametri 100—300( sopol), 160— 410, 100—250 (plastmassa), 500 (temir-beton), 125—600 (kanalizatsiya sopol quvurlari) mm li D. q. ishlatiladi. D. q. yotqizish mexanizatsiyalashgan (quvuryotqizgichlar yordamida) va yarim mexanizatsiyalashgan (transheyalar draglayn ekskavatorlari bilan kavlanadi, quvurlar qoʻlda yotqiziladi) usullarda bajariladi.

Adabiyot






uz.wikipedia.org


Uzpedia.uz