DRENAJ OQIMI MODULI



DRENAJ OQIMI MODULI – zaxi qochiriladigan maydon birligi (gektar) ga to’g’ri keladigan sizot (grunt) suvi oqimining miqdoriy tavsifi. Drenaj oqimi moduli (SD) 1 gektar uchun l/s da o’lchanadi. Drenaj oqimi moduli optimal meliorativ rejim saqlangan sharoitlarda drena va kollektorlardagi suv sarfini aniklashda foydalaniladi. Sug’oriladigan yerlarda Drenaj oqimi moduli 1 gektar maydonga 0,15—0,40 l/s to’g’ri keladi. Uning qiymati hisoblash (analitik) va tajriba (eksperimental) usullari bilan aniqlanadi. Grunt va yer osti suvlarining drenaj inshootlariga eng ko’p oqib kelishi davrida ularni qanday jadallikda oqizib yuborish uchun kollektordrenaj tarmog’ining doimiy va muvaqqat inshootlarini iqtisodiy foydali mutanosiblikda qo’llash masalasi Drenaj oqimi moduli qiymati asosida hal etiladi. Masharif Boqiyev.

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi


Uzpedia.uz