Drenaj
Drenaj (tibbiyotda) — jarohat yoki tana boʻshligʻidagi suyuqlikni shimib va soʻrib tashqariga chiqarish uchun qoʻllaniladigan maxsus buyumlar, ularga shasha doka turundalar, rezina yoki xlorvinildan yasalgan naychalar kiradi. Bu moslamalar koʻkrak boʻshligʻi, oʻt yoʻli, siydik yoʻli va qovuqni drenajlash uchun ishlatiladi. D.lar faol va passiv, ichki va tashqi, klapanli va klapansiz, rezina va plastmassa turlariga boʻlinadi. Qaysi aʼzoga koʻllanilishiga qarab: maxsus yasalgan ballonli, koʻp kanalli, rezina pardali, yopiq sistema shaklida ishlangan D.lar tanlanadi.
Adabiyot
uz.wikipedia.org