DRENAJ



DRENAJ (tibbiyotda) — jarohat yoki tana bo’shlig’idagi suyuqlikni shimib va so’rib tashqariga chiqarish uchun qo’llaniladigan maxsus buyumlar, ularga shasha doka turundalar, rezina yoki xlorvinildan yasalgan naychalar kiradi. Bu moslamalar ko’krak bo’shlig’i, o’t yo’li, siydik yo’li va qovuqni drenajlash uchun ishlatiladi. Drenajlar faol va passiv, ichki va tashqi, klapanli va klapansiz, rezina va plastmassa turlariga bo’linadi. Qaysi a’zoga ko’llanilishiga qarab: maxsus yasalgan ballonli, ko’p kanalli, rezina pardali, yopiq sistema shaklida ishlangan Drenajlar tanlanadi.

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz