DREL
DREL (nemischa Drilibohrer — burg’ilash, parmalash) — metall, yog’och va boshqalarda kichik (50 millimetrgacha) teshiklar ochish uchun mo’ljallangan asbob. Parmasi dastaki, elektr va pnevmatik harakatlantiriladigan xillari bor. Elektr Drel elektr dvigatel, korpus, tishli uzatma va Parma o’rnatiladigan patrondan iborat. Bunday Drel o’zgaruvchan tok bilan, pnevmatik Drel kompressor hosil qiladigan siqiq havo bilan ishlaydi.
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
TELEGRAM XIZMATLAR
Kanal va guruhlar uchun o'zbek obunachilar
Kanalga o'tish
Uzpedia.uz