Drew Weissman




Drew Weissman (1959-yil 7-sentyabrda tugʻilgan ) – amerikalik shifokor-olim va RNK biologiyasiga qoʻshgan hissasi bilan tanilgan, Nobel mukofoti laureati. Uning 2023-yilda tibbiyot boʻyicha Nobel mukofotiga sazovor boʻlishiga BioNTech / Pfizer va Moderna tomonidan ishlab chiqarilgan COVID-19 uchun RNK vaksinalarini ishlab chiqishg sabab boʻldi.

Biografiyasi



Weissman 1959-yil 7-sentyabrda Massachusets shtatining Leksington shahrida tug‘ilgan. Drew Weissmanning otasi yahudiy, onasi italiyalik bo'lgan. U Massachusets shtatining Leksington shahrida o'sgan. Weissman 1981-yilda Brandeys universitetida bakalavr va magistr darajasini oladi, u yerda biokimyo va enzimologiya boʻyicha ixtisoslashgan Gerald Fasman laboratoriyasida ishlagan. 1987-yilda Boston universitetida MD va PhD darajasini olish uchun immunologiya va mikrobiologiya bo'yicha bitiruv ishi tayyorlaydi. Shundan so'ng, Weissman Milliy Allergiya va yuqumli kasalliklar instituti direktori Entoni Fauci nazorati ostida Milliy Sog'liqni saqlash institutida (NIH) tahsil oladi.

Manbalar




uz.wikipedia.org


Uzpedia.uz