Drew Binsky




Drew Goldberg (1991-yil 24-mayda tugʻilgan), Drew Binsky taxallusi bilan mashhur boʻlib, dunyoning barcha mamlakatlariga tashrif buyurgan amerikalik sayohatchi blogger va vlogger. Binskiy sayohatlarini YouTube kanali va boshqa ijtimoiy tarmoqlardagi akkauntlarida yoritib boradi. U 24 soat ichida YUNESKOning Jahon merosi ob’ektiga eng koʻp (12) tashrif buyurgan va chamadonni eng tez yigʻish boʻyicha Ginnesning rekordlarini qayd etgan.

2021-yil 29-oktyabrda Binskiy Saudiya Arabistoniga qilgan sayohati orqali Birlashgan Millatlar Tashkiloti tomonidan tan olingan Yer yuzidagi har bir davlatga tashrif buyurdi. 2021-yil holatiga koʻra, ijtimoiy tarmoqlarda 9 milliondan ortiq obunachiga ega va kanallari 4 milliarddan ortiq koʻrilgan.


Hayoti va taʼlimi



Binskiy Drew Goldberg Texas shtati Dallas shahrida tugʻilgan va Arizona shtatining Skotsdeyl shahrida oʻsgan. „Binskiy“ning oilasi yahudiy nemislaridan boʻlgan. Uning xorijga birinchi safari 2009-yilda Isroilga boʻlgan. U Wisconsin-Madison universitetida tahsil olib, 2013-yilda iqtisod va tadbirkorlik fakultetini tamomlagan. Universitetning uchinchi yilida u Chexiya Respublikasining Praga shahrida chet elda oʻqish dasturiga kirdi. U yerda 1 semestr tahsil oldi va Yevropa boʻylab 20 dan ortiq mamlakatlarga sayohat qildi, oʻshanda u sayohat qilishga qaror qildi.

Faoliyati



Kollejni tugatgandan soʻng, Binskiy Janubiy Koreyaning Seul shahrida ingliz tilidan dars berish bilan shugʻullanadi. U u yerda 18 oy yashagan va shu vaqt ichida Osiyoning 20 ta davlatiga sayohat qilgan. U 2015-yil yanvar oyida oʻqituvchilik ishini tashlagan va shundan soʻng toʻliq vaqtini sayohat qilishga qarata boshlagan. 2015-yil oktabr oyiga kelib u jami 73 davlatga tashrif buyurgan. U shuningdek, „The Hungry Partier“ (keyinchalik nomi „Drew Binsky“ deb oʻzgartirildi) deb nomlangan blogni ochdi va Instagram va Snapchatda sayohatlarini videoga olishni boshlaydi.

2017-yilda uning qiz doʻsti Dinna Sallao unga kamera sotib olib beradi, bu esa uni oʻzining YouTube kanaliga video yaratish va joylashtirishni boshlashga undadi. 2017-yilning may oyida u YouTube va Facebookdagi kanallarida Shimoliy Koreyaga uyushtirilgan safari aks etgan videoni joylagan. Videoni 10 milliondan ortiq kishi tomosha qiladi. Binsky shuningdek, YouTube va Facebook tarmoqlarida reklama daromadlaridan pul ishlashni boshlaydi va turli brendlar bilan hamkorlikni yoʻlga qoʻyadi. Uning ijtimoiy tarmoqlarida millionlab obunachilarga va ikkita Ginnesning rekordlariga ega. 2018-yilda u Tailandning Bangkok shahrida ish boshlaydi.

2019-yilda Binskiy oʻsha paytda Afgʻonistonda yashayotgan yagona yahudiy deb hisoblangan Zablon Simintov bilan uchrashdi va uni 1 milliondan ortiq tomosha qilingan videoda uni qanday insonligini tasvirlab beradi.

2020-yilda Binskiy oʻzining sayohatlari haqida "Chegara 197 " nomli hujjatli filmni eʼlon qildi. U 24 soat ichida eng koʻp tashrif buyurilgan YUNESKOning Butunjahon merosi obyektlari va eng tez chamadon yigʻish (35,59 soniya) boʻyicha Ginnesning rekordlarini qayd etgan.

Binskiyning maqsadi 2021-yil oxirigacha Birlashgan Millatlar Tashkiloti tomonidan dunyoda tan olingan barcha 197 davlatga sayohat qilish edi. U 2021-yil 29-oktyabrda Saudiya Arabistoniga tashrif buyurib, oʻz maqsadiga erishdi. 2021-yil holatiga koʻra, uning ijtimoiy tarmoqlarda 9 milliondan ortiq obunachisi bor va uning videolari 4 milliarddan ortiq koʻrilgan.

Just Go  — bu Binskiyning tovar belgisi hisoblanadi.

Shaxsiy hayoti



Binskiy 2021-yilning may oyida Deanna Sallaoga uylanadi. Kollejni tugatgach, u professional golfchi boʻlishga intiladi. Sayohati davomida u butun dunyo golf maydonlarida oʻynaydi. 2020-yildan boshlab u Arizonada istiqomat qiladi.

Manbalar




Havolalar




uz.wikipedia.org


Uzpedia.uz