DRAVA



DRAVA — Yevropadagi daryo, Dunayning o’ng irmog’i. Uzunligi 749 kilometr, havzasining maydoni 40,4 ming kilometr kvadrat. Alp tog’lari (Italiya va Avstriya hududi) dan boshlanadi. Asosan O’rta Dunay tekisligidan (Sloveniya va Xorvatiya) dan oqadi. Yoz va kuz oylarida toshadi, qishda suvi kamayadi. Quyilish joyida o’rtacha suv sarfi 610 metr/sekund. Dravaga yirik GESlar qurilgan. Quyilish yeridan Fillax shahrigacha (650 kilometr masofada) kema qatnaydi.

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi

TEZ YUK MARKAZ

Yuk markaz elonlari yuk yuborish va yuk tashish

Guruhga kirish


Uzpedia.uz