DRAP
DRAP (Fransuzcha drap — movut) — jun matoning bir xili. Yigirilgan jun ipdan to’qiladi. Patli yoki patsiz, sidirg’a yoki guldor xillari bo’ladi. Drap qalin, qo’sh qatlam bo’lganligidan kishi tanasini issiq tutadi. Sirtqi qatlami ichki qatlamiga qaraganda sifati yuqoriroq jundan to’qiladi.
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
TEZ YUK MARKAZ
Yuk markaz elonlari yuk yuborish va yuk tashish
Guruhga kirish
Uzpedia.uz