DRANG’IYONA



DRANG’IYONA, Dranga (qadimgi Eron bitiklarida Zranka, so’ngra Zarang, antik davr mualliflaridagi Zarangiana nomi shundan olingan) — qadimgi Eron viloyati; Xamun ko’li havzasi va Hilmand daryosining quyi oqimi bo’ylarida joylashgan (hozirgi Eron bilan Afg’onistonning ko’shni rayonlari). Drang’iyonaga saklarning kelishi (miloddan avvalgi 2-asrning oxiri) bilan Drang’iyonaning yangi — Sakastan (Seyiston) nomi joriy bo’lgan.

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi


Uzpedia.uz