Dramatik asarlarda muallif nutqining o'rni
Dramatik asar bu sahna uchun yaratilgan asardir. Dramaning asosiy predmeti bu harakat hisoblanadi. Dramada ijodkor shaxsiyati ham obyektga singdirib yuboriladi. Asar hajmi qanchalik katta hamda obrazlar soni qanchalik kop bolsa ham ijodkor sahna vaqtini hisobga olishi zarur. Boisi butun boshli bir asar mazmuni kichik sahna asariga sig'dirilishi lozim.Dramadagi harakat sujet makon va zamonda cheklangan bo'ladi. Asar ijro vaqtiga sig'ishi uchun asarning konflikt asosida shiddat bilan kechuvchi voqealar rivoji asosiga qurilishini taqozo qiladi. Bu xil sujetning rivojlanishi ham chegaralangan bolib,sujet voqealari sabab natija asosida yuzaga keladi. Shuningdek dramatik asarlarda yozuvchining nutqi ham muhim ahamiyat kasb etadi.Dramatik asarlarda qahramonlarning ichki kechinmalari, holati obraz nutqi orqali shakllantirilib ochib beriladi.Dramaturg qahramonlar hayotini ozi hikoya qilmay balki qahramonlarni oz nutqi orqali jonlantirib tasvirlaydi.Dramatik asarlarda nutqning aniqligi, ravonligi obrazlar harakterining aniq ochib berilishi muhim ahamiyat kasb etadi. Dramada barcha harakatlar qahramonlar hamda asar harakterini ochib berishga hizmat qiladi.Dramatik asarlarda muallif o'z nutqi orqali asarga izoh beradi. Bu izoh adabiyotshunoslik nuqtai nazaridan remarka deb yuritiladi. Muallifning izohi ,albatta, kitobxonni o'ziga jalb etadi. Sababi asardagi remarka bevosita asarni o'qimoqchi bo'lgan kitobxonga hamda asar rejissoriga yo'naltirilgan bo'ladi.
Manbalar
uz.wikipedia.org