DRAHMA
DRAHMA (Yunoncha drachme) — 1) yunon og’irlik va pul birligi; miloddan avvalgi 6-asrdan boshlab kumush tanga shaklida zarb qilingan, dastlabki vazni 4,25 gramm, keyinchalik 4,32 gramm bo’lgan; 2) Gretsiya pul birligi. 1954 yilda muomalaga chiqarilgan. 1 Drahma = 100 leta. Xalqaro ifodasi GRD. Xalqaro valyutalar kursi bo’yicha 1 AQSh dollari = 385,57 Drahma, 10 Drahma = 17,58 so’m J 2002, Fevral).
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
Uzpedia.uz