Dragutin Babich
Dragutin Babich (xorvatcha: Dragutin Babić)—yugoslav va xorvatiyalik futbolchi, himoyachi.1898-yil 5-noyabrda Zagrebda tugʻilgan.1924 va 1928-yillardagi Olimpiya oʻyinlari ishtirokchisi.
Faoliyati
Klub miqyosida
U Zagrebning „Gradjyanski“ klubida oʻynagan.Jamoa sardori boʻlgan, u bilan uch marta mamlakat chempioni boʻlgan.Bir marta Yugoslaviya (SXS Qirolligi) vitse-chempioni boʻlgan.1928-yilda Mitropa kubogida 1/4 finalda ishtirok etgan.Uning jamoasi ikki uchrashuv natijasiga koʻra Chexoslovakiyaning „Viktoriya“ jamoasiga umumiy 4:8 (uyda 3:2 va mehmonda 1:6) hisobida magʻlub boʻldi. Keyin u Zagrebning yana bir klubi „Konkordiya“da oʻynadi, u yerda 1931-yilda futbolchilik faoliyatining oxirigacha oʻynadi. Shu vaqt ichida jamoa bilan birga bir marta mamlakat chempioni va bir marta vitse-chempioniga aylandi.Bundan tashqari 1922-yildan 1926-yilgacha u Zagreb terma jamoasida oʻynagan va u uchun 14 ta oʻyin oʻtkazgan.
Terma jamoada
SXS Qirolligining asosiy terma tarkibida u 1921-yil 28-oktyabrda Pragada Chexoslovakiyaga qarshi oʻrtoqlik oʻyinida debyut qildi, unda jamoasi 1:6hisobida magʻlub boʻldi.Soʻnggi marta u milliy terma jamoa uchun 1931-yil 19-aprelda Belgradda Bolgariya terma jamoasiga qarshi Bolqon kubogi oʻyinida oʻynagan va oʻz jamoasi bilan 1:0 hisobida gʻalaba qozongan.Natijada yugoslavlar kubokda 2-oʻrinni egalladi.U milliy terma jamoadagi birinchi golini 1923-yil 28-oktyabrda Zagrebda Chexoslovakiyaga qarshi oʻrtoqlik oʻyinida kiritdi.Dragutinning goli jamoaning 4:4 hisobida durang bilan yakunlangan oʻyindagi oxirgi golni urdi.Ikkinchi va oxirgi golini 1928-yil 8-aprelda Zagrebda Turkiya terma jamoasi bilan oʻrtoqlik oʻyinida urgan va uning jamoasi 2: 1 hisobida gʻalaba qozongan.Bundan tashqari uning ukasi Nikola ham shu baxsda oʻzining golini kiritgan. Yugoslaviya (CXC Qirolligi) milliy terma jamoasi tarkibida ikki aka-uka bir vaqtning oʻzida maydonda oʻynagan ikkinchi holat boʻlib tarixga kirdi.Birinchi holat 1923-yilda aka-uka Branko va Dusan Zinaia edi.1924-yilgi Olimpiada o'yinlarida u oʻynadi.Terma jamoa qur’aga koʻra ilk oʻyinda musobaqaning boʻlajak gʻolibi Urugvay terma jamoasiga 0:7 hisobda magʻlub boʻlishdi.1928-yilgi Olimpiadaga boradigan terma jamoa qaydnomasiga kirgazilgan edi, lekin u maydonga tushmadi.U mamlakat bosh terma jamoasi safida jami 10 ta o‘yin o‘tkazib,2 ta gol urgan.
Faoliyatidan keyin
Dragutin Babich 1945-yilda vafot etdi.
Yutuqlari
Jamoaviy
Terma jamoa miqyosida Klub miqyosida Manbalar
1.https://books.google.co.uz/books?id=mMrcDgAAQBAJ&pg=PA766&lpg=PA766&dq=dragutin+Babich&source=bl&ots=wDgg1GRz8F&sig=ACfU3U3jBJn3sTVShsV6QmiHp8OSYwNoWQ&hl=ru&sa=X&ved=2ahUKEwjSuvWJyLH5AhWRs4sKHV6OCFMQ6AF6BAgPEAM#v=onepage&q=dragutin%20Babich&f=false
2.https://wreferat.baza-referat.ru/%D0%91%D0%B0%D0%B1%D0%B8%D1%87
3.https://www.sportedu.by/igry-viii-olimpiady-v-parizhe/
uz.wikipedia.org