Dragon Quest II




Dragon Quest II (yaponcha: ドラゴンクエストII 悪霊の神々 doragon kuesuto tsu: akure: kamigami no) — Bu Chunsoft studiyasi tomonidan ishlab chiqilgan va 1987-yilda Enix (hozirgi Square Enix) tomonidan Nintendo Entertainment System konsoli uchun nashr etilgan yapon RPG janridagi videooʻyin boʻlib. Dragon Quest seriyasining ikkinchi raqamli qismi hisoblanadi.

Birinchi qism Shimoliy Amerikada Dragon Warrior nomi bilan chiqarilganligi sababli, mahalliylashtirish vaqtida ular ushbu yaxshi tashkil etilgan savdo belgisini oʻzgartirmaslikka qaror qilishdi va oʻyinni Dragon Warrior II sifatida chiqarishdi. Keyinchalik MSX konsollari, Super Nintendo Entertainment System, Game Boy, Game Boy Color va mobil telefonlar uchun koʻplab qayta nashrlar ishlab chiqarildi.

Syujet



Syujet oldingi oʻyinning bevosita davomi boʻlib, Moonbruk qal’asini vayron qilgan yovuz sehrgarni toʻxtatish uchun sayohatga chiqqan Midenxall qirolligi shahzodasi haqida hikoya qiladi. Birinchi qism bilan taqqoslaganda, partiyaga uch xil sinfga mansub boshqa personaj qoʻshish mumkin boʻldi: qahramon, paladin va sehrgar. Bundan tashqari, dunyo xaritasi sezilarli darajada kengaydi, endi uni kema va bir nechta teleportlar yordamida sayohat qilish mumkin.

Sharhlar va sotuvlar




Dragon Quest II oʻyin innovatsiyalari tufayli asl Dragon Questdan koʻra koʻproq tijoriy jihatdan muvaffaqiyatli ekanligini isbotladi. Rasmiy maʼlumotlarga koʻra, 2003-yil mart oyi holatiga koʻra, oʻyinning faqat Yaponiyada 2,41 million nusxasi sotilgan. 2006-yilda yapon oʻyin jurnali Famitsu oʻquvchilari yordamida Dragon Quest II barcha davrlarning eng buyuk oʻyini roʻxtidan oʻn yettinchi oʻrinni egalladi.

Manbalar




Havolalar




uz.wikipedia.org


Uzpedia.uz