Drabbl




Drabbl- bu eng koʻpi 100 ta soʻzdan iborat kichik badiiy asarni anglatadi. Drabbl maqsadi qisqalik hamda yozuvchining cheklangan doirada qiziqarli va maʼnoli tasvirlash mahoratini sinashdir.

Tarixi



Ushbu atama 1980-yillarda Anglliyada ilmiy fantastika muxlislari tomonidan kelib chiqqanligi aytiladi. Montu Paytonning 1971-yilgi „Katta qizil kitob“ asaridan olingan ushbu atama bilan nomlangan 100 soʻzdan iborat formatga Birmengem universitetining sotsiologiya boʻlimi tomonidan asos solgan. Kitobda „Drabbl“ soʻzi birinchi boʻlib roman yozgan ishtirokchi gʻolib boʻluvchi soʻz oʻyinini anglatgan. Ushbu oʻyinni real hayotga moslashtirish maqsadida u 100 ta soʻzdan iborat boʻlishi tasdiqlanadi. Fransuz yozuvchisi Feliks Feneon oʻzining „uch qatordan iborat“ hikoyalari bilan ushbu yangilikning ilk nomyondasi hisoblanadi.

Drabbl musobalarida ishtirokchilarga mavzu hamda maʼlum bir vaqt berilgan. Drabbl musobaqalari va umuman drabllar, odatda, ilmiy-fantastika hamda fantastik asar muxlislari orasida mashur boʻlgan. Bekon nashriyoti uch yirik hajmli loyiha ishga tushuradi: Rob Medes va Devid Ueyk tomonidan nashr qilingan Drabbl loyihasi (1980) va Drabbl II: Ikki asr (1990); Devid Houv tomonidan nashr etilgan Drabbl (1993).

uz.wikipedia.org


Uzpedia.uz