Dr. Dre
Andre Romelle Young (talaffuzi: Andre Romell Yang; 18-fevral 1965-yilda tugʻilgan)
Dr. Dre (Doktor Dre) taxallusi ostida tanilgan amerikalik reper, produser va tadbirkordir. U Aftermath Entertainment va Beats Electronics shirkatlari asoschisi va bosh ijrochi direktoridir. Shuningdek, Death Row Records studiyasi prezidenti hamdir. Dr. Dre musiqadagi karyerasini 1985-yilda World Class Wreckin' Cru guruhi aʼzosi oʻlaroq boshladi. Keyinchalik, Gangsta rap janrida ijod qiluvchi N.W.A musiqiy guruhiga qoʻshilganidan soʻng, shuhrat qozondi. Guruh qoʻshiqlarida koʻcha hayoti zoʻravonliklarini batafsil bayon etish uchun ochiq oydin koʻcha soʻzlaridan foydalangan. 1990-yillar boshlarida, Dre During the early 1990s, Dre hip hopning ostjanri hisoblanmish West Coast G-funk janrlarini ommalashtirishda asos boʻlib xizmat qildi.
Drening ilk yakkaxon studiyaviy albomi — The Chronic (1992) Death Row Records studiyasi bilan chiqarildi. Albom tijorat jihatdan muvaffaqiyat qozonib, Dreni 1993-yilda albomi eng koʻp otilgan amerikalik artistga aylantirdi. Albomdagi „Let Me Ride“ singli „Eng yaxshi rap yakkaxon ijro“ nominatsiyasida Grammyga, shuningdek, „Nuthin' but a 'G' Thang“ singli koʻplab yutuqlarga sazovor boʻldi. Shu yili u Snoop Doggning ilk studiyaviy albomi boʻlmish Doggystylega produserlik qildi. Shuningdek, oʻgay ukasi Warren G va Snoop Doggning jiyani Daz Dillinger kabi produserlarga hamda Sam Sneed va Mel-Man kabi boʻlajak produserlarga ustozlik qildi. 1996-yilda Dr. Dre oʻzining leybli — Aftermath Entertainmentga asos solish uchun Death Row Recordsni tark etdi. U 1996-yilda Dr. Dre Presents the Aftermath nomli kompilatsiya albomini, 1999-yilda esa 2001 nomli yakkaxon albomini ommaga havola etdi.
Diskografiyasi
Studiyaviy albomlari
Soundtrack albomlari
Hamkorlik albomlari
World Class Wreckinʼ Cru N.W.A. Filmografiyasi
Manbalar
Havolalar
uz.wikipedia.org