DOZOR (ruscha)— qo’riqlash, razvedka va aloqa ishlari olib boruvchi harbiy qism. Piyoda (o’qchi) askarlar, jangovar mashina va harbiy-dengiz floti kemalaridan kichik bo’linma tarzida tashkil topadi. Vazifasi — yurishda qo’shinlarni dushman hujumidan ogohlantirib turish (qo’riqlovchi Dozor), dushmanning qayerda joylashganini aniqlash (razvedkachi Dozor), jangovar tartibdagi qismlar bilan aloqa qilib turish (aloqachi Dozor) va boshqalar. Dozor tarkibi vazifa va sharoitga bog’liq bo’ladi.
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish