Dozimetriya




Sog'liqni saqlash fizikasi va nurlanishdan himoya qilish sohalarida radiatsiya dozimetriyasi , odatda inson tanasi tomonidan yutilgan ionlashtiruvchi nurlanish dozasini o'lchash, baholash deganidir. Nurlanish dozasi- ichki hamda tashqi yutilgan yoki nafas olayotganda radioaktiv moddalar,radiatsiya manbalari tomonidan yutilgan nurlanishni baholashda qo'llaniladi.

Ichki dozimetriyani baholash turli xil monitoring, biologik-tahlil qilish yoki radiatsiyaviy tasvirlash usullariga tayanadi, tashqi dozimetriya esa dozimetr yordamida o'lchovlarga asoslanadi yoki boshqa radiologik himoya vositalari tomonidan o'tkazilgan o'lchovlar orqali aniqlanadi.

Dozimetriya radiatsiyadan himoya qilish uchun keng qo'llaniladi va muntazam ravishda nurlanish mavjud yoki radiatsiya xavfi bor deb tahmin qilingangan joylarda, masalan, Uch mil oroli, Chernobil yoki Fukusimadagi radiatsiyaviy hodisalardan keyin xizmat xodimlarining holatini kuzatish uchun qo'llaniladi. Umumiy qabul qilingan doza gamma nurlanishini o'lchash, radioaktiv zarrachalar monitoringi va radioaktiv ifloslanish darajasini hisobga olish kabi turli ko'rsatkichlar bo'yicha o'lchanadi va hisoblanadi.


Radiatsiya dozasini o'lchash



Tashqi doza



Ionlashtiruvchi nurlanishlardan yutilgan dozalarni o'lchashning bir necha usullari mavjud. Radioaktiv moddalar bilan kasbiy aloqada bo'lgan yoki nurlanishga duchor bo'lishi mumkin bo'lgan odamlar muntazam ravishda o'zi bilan shaxsiy dozimetrlarni olib yurishadi. Ular qabul qilingan dozani qayd etish va ko'rsatish uchun maxsus mo'ljallangan. An'anaviy dozimetr, bular kuzatilayotgan shaxsning tashqi kiyimiga mahkamlangan qulflar bo'lib, ularda kino nishoni dozimetrlari deb nomlanuvchi fotografik plyonka mavjud edi. Ular termoluminesanslar dozimetri yoki optik stimulyatsiya qilingan luminesans (OSL) nishonlaridan foydalanadigan TLD nishoni kabi boshqa qurilmalar bilan almashtirildi.

Ichki doza



Ichki nurlanish o'lchash- inson tanasiga radionuklidlarni qabul qilish natijasida qabul qilingan dozani baholash uchun qo'llaniladi.

Ekologik dozimetriya



Atrof-muhit dozimetriyasi atrof-muhiti sezilarli nurlanish dozasini yaratishi mumkin bo'lgan joylarda qo'llaniladi. Bunga misol sifatida radon monitoringini keltirish mumkin. Radon - uranning parchalanishi natijasida hosil bo'lgan radioaktiv gaz bo'lib, u yer qobig'ida turli miqdorlarda mavjud. Ba'zi geografik hududlar, asosiy geologiya tufayli, doimiy ravishda er yuzasiga kirib boradigan radonni hosil qiladi. Ba'zi hollarda gaz to'planishi mumkin bo'lgan binolarda doza sezilarli bo'lishi mumkin. Binoda yashovchilar olishi mumkin bo'lgan dozani baholash uchun bir qator maxsus dozimetriya usullari qo'llaniladi.


Doza o'lchovlari




Salomatlik uchun stoxastik xavfni hisobga olish uchun yutilgan dozaning jismoniy miqdorini ekvivalent va samarali dozalarga aylantirish uchun hisob-kitoblar amalga oshiriladi, ularning tafsilotlari radiatsiya turiga va biologik kontekstga bog'liq. Radiatsiyaviy himoya va dozimetriyani baholashda qo'llanilishi uchun (ICRP) va Radiatsiya birliklari va o'lchovlari bo'yicha Xalqaro komissiya (ICRU) nurlanishlarni hisoblash uchun ishlatiladigan tavsiyalar va ma'lumotlarni nashr etdi.


O'lchov birliklari



Radiatsiya dozasining bir qancha o'lchov birliklari mavjud, shu jumladan yutilgan doza ( D ) va u quyidagilar bilan o'lchanadi:

Har bir o'lchov odatda oddiygina "doza" deb ta'riflanadi, bu chalkashlikka olib kelishi mumkin. SI birliklar sistemasida bo'lmagan birliklar hali ham qo'llaniladi, ayniqsa AQShda, doza ko'pincha radlarda va doza ekvivalenti remlarda o'lchanadi. Ta'rifga ko'ra, 1 Gy = 100 rad va 1 Sv = 100 rem.

Effektiv doza



Effektiv doza - bu stoxastik ta'sirlarning paydo bo'lishining qabul qilinishi mumkin bo'lmagan darajadan past bo'lishini va to'qimalar reaktsiyalarining oldini olish uchun ta'sir qilish chegaralarini belgilash uchun ishlatiladigan radiologik himoya uchun markaziy doza miqdori.

Samarali doza aholining o'rtacha ko'rsatkichi bo'lgan "referent" shaxs uchun stoxastik xavflarni baholash uchun ishlatiladi.

Fon radiatsiyasi



Inson uchun dunyo bo'ylab yillik o'rtacha fon dozasi 3,5 mSv ni tashkil qiladi [1],bular asosan kosmik nurlanish va yerdagi tabiiy izotoplar orqali hosil bo'ladi . Aholi uchun radiatsiya ta'sirining eng katta yagona manbai bu tabiiy radon gazidir, bu yillik fon dozasining taxminan 55% ni tashkil qiladi. Taxminlarga ko'ra, radon Qo'shma Shtatlardagi o'pka saratonining 10% iga sabab bo'ladi.


Radiatsiya ta'sirini monitoring qilish



Yuridik dozimetriya natijalarining yozuvlari, odatda, ular qo'llanilayotgan davlatning qonuniy talablariga qarab, ma'lum vaqt davomida saqlanadi.

Tibbiy radiatsiya ta'siri monitoringi - bu radiologiya uskunasidan doza ma'lumotlarini yig'ish va tibbiy holatlarda keraksiz dozani kamaytirish imkoniyatlarini aniqlashga yordam berish uchun ma'lumotlardan foydalanish amaliyotidir.

Shuningdek:




Ushbu maqola Mirzo Ulug'bek nomidagi O'zbekiston Milliy universitieti Fizika fakulteti talabasi Shodiyeva Shohista tomonidan Wikita'lim loyihasi doirasida ingliz tilidan tarjima qilindi.

Foydalanilgan adabiyotlar:




uz.wikipedia.org


Uzpedia.uz