DOZIMETRIYA
DOZIMETRIYA (Yunoncha dosis — ulush, bo’lak va metreo —o’lchayman) — amaliy yadro fizikasi sohasi; ionlovchi nurlarning jonli va jonsiz tabiat ob’yektlariga ta’sirini ifodalaydigan fizik miqdorlarni o’rganish, xususan nurlanish dozasini (me’yorini) aniqlash, shu mikdorlarni o’lchash usullari va asboblarini yaratish bilan shug’ullanadi. Tabiiy va sun’iy radioaktiv yemirilishda, zaryadlangan zarralar tezlatkichlari (betatron, tsiklotron va boshqalar) da, atom reaktorlarida, rentgen apparatlarida radioaktiv nurlar sochiladi. Radiy kashf etilganidan so’ng radioaktiv moddalar r – va u – nurlarining tirik ob’yektlarga xuddi rentgen nurlari singari ta’sir kilishi aniqlandi. Radioaktiv moddalar bilan ishlash vaqtida shu nurlarning organizmga kirish xavfi tug’iladi. Nurlanish dozasini o’lchashdan asosiy maksad ana shu apparat va moddalar bilan ishlovchi xodimlar xavfsizligini ta’minlashdir. Radioaktiv nurlarning har xil jismlarga ta’siri (fizik, kimyoviy va biologik ta’siri) shu jismlarga yutilgan nurlar miqsori va tabiati bilan belgilanadi. Yutilgan doza rad bilan o’lchanadi. Radioaktiv nurlar (a, R, u, p) jismlarga tushganda har xil fizik hodisalar ro’y beradi. Masalan, gamma-nurlar yoki roentgen nurlari yutilishi natijasida fotoelektronlar, Kompton elektronlari va elektron-pozitron jufti hosil bo’ladi. Rentgen, gamma (u), betta (R)-nurlanish va neytronlar dozasini o’lchashda ionlash kamerasi, “kaktus” rentgenometri, universal dozimetrlar ishlatiladi. Intensivligi kam nurlanish dozasini o’lchashda Geyger — Myuller hisoblagichi, laboratoriyada stsintillyatsiya hisoblagichi ishlatiladi. Dozimetriyaning fotografik usuli ham bor. U nurlar ta’sirida fotoplyonkaning qorayishiga asoslangan. Oksidlanish yoki qaytarilish reaktsiyalariga asoslangan kimyoviy dozimetrlar, ferrosulfat va tseziy sulfati dozimetrlari ham ishlatiladi. Nurlanishning ob’yektlarga issiklik ta’siri kalorimetrik usul bilan o’lchanadi.
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
Uzpedia.uz