DO’ZAX



DO’ZAX, jahannam — ko’pchilik diniy ta’limotlarga ko’ra, din talablarini bajarmagan gunohkorlar oxiratda jazolanadigan joy. Yahudiylik, xristianlik, Islom dinlaridagi asosiy tushunchalardan biri. Qur’onda Do’zax haqida bir necha o’rinda ta’kidlab o’tilgan (6:128; 11:106, 107). Diniy aqidaga ko’ra, Do’zaxni Alloh kofirlarga va gunohkor bandalarga jazo berish uchun yaratgan. Do’zax ichida olov yonib turadigan dahshatli chuqurlikdir. Do’zaxga mahkum qilingan bandalar shu olovga tashlanadi, ular qaynoq suv ichishadi, u yerda o’sadigan zaqqum daraxtining (shayton boshiga o’xshagan) mevasi bilan ovqatlanishadi va boshqa azoblar chekishadi. Qur’onda “qachonki terilari kuyib bitishi bilan haqiqiy azobni totib ko’rishlari uchun o’rniga boshqa terilarni almashtiramiz” deb qayd etiladi (4:56). Do’zax azoblaridan yana biri — achishtiruvchi sovuqdir. Do’zax bir necha tabaqadan iborat bo’lib, har bir gunohkor o’z gunohiga qarab tabaqalarda azoblanadi. Do’zaxning yetti darvozasi bor: Hoviya — eng chuqurlikda joylashgan bo’lib, undan munofiqlar, Fir’avnga o’xshagan ashaddiy kofirlar kiradi; Jahim — mushriklar; Saqar — dindan qaytgan murtadlar; Lazo — shayton-Iblis, uning do’stlari va majuslar; Hutama — Allohning amriga bo’ysunmagan kofir kimsalar; sair — Allohga shirk keltirgan nasorolar; Jahannam — gunohi kabiralar qilib, tavbasiz o’tgan musulmonlar kiradigan darvozalardir. Do’zaxni molik ismli farishta boshchiligidagi farishtalar qo’riqlaydi. Qalbida Allohga imoni bo’lgan bandalar Do’zaxda ma’lum vaqt azob tortganlaridan so’ng o’sha imonlari sharofati bilan Do’zaxdan chiqarilib, jannatga kiritiladi. Faqir-fuqaro, yetim-yesirlarga rahm-shafqatlilik, musulmonlar va inson bolasining og’irini yengil qilish ko’plab bandalarning Do’zax o’tidan ozod etilishiga sabab bo’ladi. Ammo, iymonsiz kishilar, kofir va mushriklar Do’zaxdan chiqmay doimiy azobda qoladi.

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi

Sun'iy intellekt javobi:

Do‘zax — diniy atama bo‘lib, ko‘plab dinlarda, xususan, islom dinida odamlarning gunohlari uchun jazolanadigan yoki qaytib kelmas azobga tushadigan joy sifatida tasvirlanadi. Do‘zax so‘zi arab tilidan kirib kelgan bo‘lib, “do‘zax” yoki “jahannam” deb ham ataladi. Islom ta’limotida do‘zax – Alloh taolo tomonidan gunohkorlar uchun tayyorlangan azob va mashaqqat joyidir.

Do‘zax haqida islomiy tushuncha:

  1. Ta'rif va joylashuvi: Do‘zax – oxiratdagi azobning joyi hisoblanadi. U jannatdan farqli o‘laroq, qattiq azoblar va olovlar bilan tasvirlanadi. Qur’oni Karimda do‘zax ko‘pincha jonli olov sifatida tasvirlanadi.

  2. Do‘zax azobi: Bu olovning azobi nafaqat jismoniy, balki ruhiy va ma’naviy azobni ham o‘z ichiga oladi. Gunohkorlar Allohning hukmi bilan do‘zaxga tashlanadi va u erda abadiy azoblanishadi.

  3. Do‘zaxdan saqlanish: Islomda do‘zaxdan saqlanish uchun taqvo, Allohga bo‘lgan to‘liq taslimlik, gunohlarni tavba qilish va yaxshi amallarni bajarish tavsiya qilinadi.

  4. Qur’ondagi misollar: Qur’onda do‘zax ko‘plab oyatlarda zikr qilinadi, masalan, “Al-Mulk” surasi, “Al-Haaqqa” surasi va boshqalar.

  5. Do‘zax va odamlar: Do‘zaxga kimlar tushadi? Qur’on va hadislarga ko‘ra, gunohkorlar, kofirlar, zulm qiluvchilar, tavba qilmaydigan kimsalar do‘zaxga tushishi mumkin.

Do‘zax haqidagi e’tiqod boshqa dinlarda ham mavjud:

Xulosa:

Do‘zax – bu diniy tushuncha bo‘lib, u odamlarni gunohdan saqlanishga chaqiradi va oxiratda yaxshi hayot kechirish uchun jazo va mukofot konsepsiyasini ifodalaydi. Do‘zax haqidagi ma’lumotlarni chuqur o‘rganish uchun Qur’on va hadislarni, shuningdek, tafsir va fiqh asarlarini o‘rganish tavsiya etiladi.



Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz