DOZATOR



DOZATOR — suyuq va sochiluvchan moddalar massasi yoki hajmini avtomatik tarzda o’lchaydigan (dozalaydigan) qurilma. Dozatorning og’irlik va hajmiy, davriy (diskret) va uzluksiz ishlaydigan, dastaki va avtomatik boshqariladigan, bir va ko’p komponentli xillari bor. Davriy ishlaydigani texnologik jihozlar tik o’rnatilgan hollarda, uzluksiz ishlaydigani yotiq o’rnatilgan hollarda qo’llaniladi. Dozatorlar ta’minlash, qabul qilish, o’lchash qurilmalari (datchik), qayd qilish va rostlash tizimi hamda ijro etuvchi qurilmalardan iborat. Dozator xom ashyoni tejash, materiallar ierofini kamaytirish va boshqalarga imkon beradi. Dozator qurilish va savdo korxonalarida, oziq-ovqat sanoati hamda dori tayyorlash va boshqalarda qo’llaniladi.

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi

TEZ YUK MARKAZ

Yuk markaz elonlari yuk yuborish va yuk tashish

Guruhga kirish


Uzpedia.uz