DOZA



DOZA (Yunoncha dosis — portsiya, bo’lak, ulush; berish) — 1) tibbiyotda — dori (preparat)ning muayyan miqdori. Dozani vrach bemorning yoshiga, organizmning individual xususiyatlariga, shuningdek, kasallikning xiliga va kanday o’tayotganiga qarab aniqlaydi. Doza dorini organizmga kiritish usuliga ham bog’liq. Bir mahal ichishga mo’ljallangani gallik Doza, bir kecha-kunduzga mo’ljallangani sutkalik Doza deb ataladi. Gallik va sutkalik Doza farmakopeya tomonidan belgilab qo’yilgan. Lekin ba’zan og’ir kasalliklar (masalan, yuqumli kasalliklar) ning rivojlanishini tez to’xtatish uchun vrach dorini gallik Dozadan ortiq (zarb) Dozada buyurishi ham mumkin. Suyuq dorilar dozasi qoshiq (osh qoshiq — 15 ml, desert qoshiq — 7,5 ml, choy qoshiq — 5 ml) va tomchilar hisobida, quruq dorilar gramm hisobida ko’rsatiladi. Gormonlar, vitaminlar, antibiotiklar va ayrim boshqa dorilar uchun ma’lum ta’sir birlik (TB) qabul qilingan; 2) fizikada ionlovchi nurlanish Dozasi — moddaning massa birligiga uzatish uchun mo’ljallangan ionlovchi nurlanish (u – va rentgen nurlar, elektronlar, protonlar, neytronlar, a-zarralar va hokazolar) energiyasi. Moddaning massa birligi tomonidan yutilgan energiya yutilish Dozasi deyiladi. Xalqaro birliklar tizimi si da yutilish Dozasi J/kg da; tizimga kirmagan birligi rad (1 rad = Yu-2 J/kg)da o’lchanadi. u – va roentgen nurlanishning ionlash xarakteristikasiga ekspozitsion Doza deyiladi. Bunday Doza havoning massa birligida hosil bo’lgan bir xil ishorali elektr zaryadlari soni bilan aniqlanadi. Ekspozitsion Dozaning si dagi birligi kl/kg va tizimga kirmagan birligi rentgen. Nurlanish Dozasi organizmga zararli ta’sir etadi.

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi

Uzpedia.uz