DOYZI (DOISY) EDUARD ADELBERT
DOYZI (DOISY) EDUARD ADELBERT (1893-1986) — amerikalik fiziolog va biokimyogar. AQSh Milliy fanlar akademiyasi akademik (1938), Garvard universiteti professor (1954). Vitaminlar, jinsiy gormonlar va o’t kislotalari kimyosi ustida tadqiqot olib borgan. Estron (1930), shuningdek, estrol va estradiol 17 V ni (1936) kristall holda olgan. K, vitamin (follixinon)ni sof holda ajratib olib, uning kimyoviy tuzilishini aniqlagan (1939). Gormonlar va o’t kislotalarining almashinuvini o’rganib, o’zigacha noma’lum bo’lgan o’t kislotalarini kashf etgan, ularning kimyoviy tuzilishini o’rgangan va sintez qilgan. Nobel mukofoti laureati (1943).
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
TEZ YUK MARKAZ
Yuk markaz elonlari yuk yuborish va yuk tashish
Guruhga kirish
Uzpedia.uz