DOYNA



DOYNA — moldavan va rumin musiqa folklorining asosiy janrlaridan; Bolgariya, Ukraina, Yugoslaviya xalqlari ijodida ham o’rin olgan. Qo’shiq hamda cholg’u kuylaridan iborat. Doyna dastlab 2 qism (birinchisi — hazin qo’shiq, ikkinchisi — sho’x raqs kuyi)dan iborat bo’lib, keyinchalik shaklan va mazmunan boyigan. Rumin va moldavan kompozitorlari (Sh. Nyaga, D. Gershfeld, E. Doga va boshqalar) Doyna xususiyatlaridan ijodiy foydalangan. Moldaviya “Doyna”davlat xor kapellasi faoliyat ko’rsatmoqda (1930 yildan).

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz