Dovul (cholgʻu asbobi)




Dovul , doʻl — gardishining ikki tomoniga teri qoplangan katta shakldagi urma cholgʻu. Tovushi uchi yumaloq tayoqcha yordamida hosil qilinadi. D. oʻtmishda asosan harbiy cholgʻu hisoblangan. Hozirgi kunda amaliyotda deyarli qoʻllanilmaydi. Tashqi koʻrinishi, tovush hosil etish yoʻllari bilan D.ga yaqin boʻlgan cholgʻular qozoqlarda — dabil, gruzinlarda — doli, armanlarda — dool, hindlar, eronliklar, af-gʻonlarla — duhul nomlari bilan yuritiladi.

uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz