DOVUDBEK DUG’LAT
DOVUDBEK DUG’LAT, Amir Dovud (14-asr) — Amir Temurning xos mulozimi, safdoshi va lashkarboshisi va singlisi qutlug’ Turkon otoning eri. Sohibqironning ilk faoliyati davrida u bilan yelkama-yelka turgan, ko’p janglarida katta jasorat ko’rsatgan. 1370 yil Amir Temur Amir Husayn ustidan uzil-kesil g’alaba qozonganidan keyin Dovudbek dug’latga Samarqand voliyligini va devonbegi lavozimini bergan. 1374 yil martida Xorazmga, Jahongir Mirzoga qayliqlikka Sevinbeka (Xonzoda)ni keltirishga yuborilgan.
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
TEZ YUK MARKAZ
Yuk markaz elonlari yuk yuborish va yuk tashish
Guruhga kirish
Uzpedia.uz