Dovud Rastag'fariy




Dovud Rastagʻfariy (arabcha: داوود رستغفري — Dovud ibn Amr Rastagʻfariy Ishtixoniy) — roviy.

Mashhur arab tarixchisi Abdulkarim Samʼoniyning „Ansob“ kitobida shunday keltirilgan: "Samarqandning taniqli roviylaridan biri Dovud Rastagʻfariydir.

Faoliyati



Najmiddin Umar Nasafiyning „Kitob al-qand fiy zikri ulamoi Samarqand“ kitobida keltirilishicha, Dovud Rastagʻfariy avval Nasafda qozilik qilgan. Soʻng, Abu Saʼiyd Abdurahmon ibn Saad ibn Abu Vaqqos Zuhriy Naysoburiy Boluviydan keyin Ishtixonda ham bir necha yil qozilik qilgan.

Ustozi



U hadis ilmi sir-asrorlarini Ahmad ibn Hishom Ishtixoniydan oʻrgangan va hadis rivoyat qilgan.

Shogirdi



Dovud Rastagʻfariydan Muhammad ibn Ibrohim Hamadvayh Ishtixoniy hadis rivoyat qilgan".

Vafoti



U 985 yili Ishtixonda vafot etgan. Vasiyatiga koʻra uning jasadi Xartang qishlogʻiga olib kelinib, muhaddis Muhammad ibn Ismoil Buxoriy (810-870)ning qabri yoniga dafn etilgan.

Manbalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz