DOVKAMPIR KO’LI



DOVKAMPIR KO’LI – Qoraqalpog’iston Respublikasi Bo’zatov tumanidagi ko’l. Amudaryo tarmog’i Oqdaryoning o’ng sohilida, Dovulboyo’zak tarmog’idan va sizot suvlaridan to’yinadi. Suv yuzasining maydoni (suvga to’lganda 300 gektar) va chuqurligi (eng chuqur joyi 1 metr) o’zgarib turadi. Tubi tekis, maydonining katta qismi qamishzor va turli o’tlar bilan qoplangan. Suvi tiniq va chuchuk. Dovkampir ko’lida churtan, chavoq, qizilqanot, Taran, tangabaliq, olabug’a baliqlari bor. Amudaryoda suv kam bo’lgan yillari suv sathi pasayib, ba’zan deyarli qurib qoladi.

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz