Dovjenko Aleksandr Petrovich




Aleksandr Petrovich Dovjenko (1894.11.9, Chernigov viloyati, Sosni-si qishlogʻi — 1956.25.11, Moskva) — kinorejissor, yozuvchi, ssenariychi. Kinematografiya asoschilaridan. Xalq artisti (1950), Ukrainada xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi (1950). Dastlabki filmlari — "Dipkuryer sumkasi", "Zvenigora" katta muvaffaqiyat qozondi. "Arsenal", "Yer" filmlari jahon ekranlarida ham shuhrat qozondi. D.ning ilk ovozli filmi "Ivan", shuningdek, "Aerograd", "Shchors" badiiy filmlari, "Xaloskorlik" kabi hujjatli — publitsistik va "Michurin" badiiy filmlari kino sanʼati taraqqiyotida muhim rol oʻynadi. "Guldagi hayot" pyesasi va "Dengiz haqida doston", "Sehrlangan Desna" kabi ssenariylar, anchagina hikoya, ocherklar, kino tarixi va nazariyasiga oid maqolalar ham yozgan. 1957-yil Kiyev kinostudiyasiga D. nomi berilgan.

Adabiyot





uz.wikipedia.org


Uzpedia.uz