DOVJENKO ALEKSANDR PETROVICH



DOVJENKO ALEKSANDR PETROVICH (1894.11.9, Chernigov viloyati, sosnitsi qishlog’i — 1956.25.11, Moskva) — kinorejissyor, yozuvchi, stsenariychi. Kinematografiya asoschilaridan. Xalq artisti (1950), Ukrainada xizmat ko’rsatgan san’at arbobi (1950). Dastlabki filmlari — “Dipkurer sumkasi”, “Zvenigora” katta muvaffaqiyat qozondi. “Arsenal”, “Yer” filmlari jahon ekranlarida ham Shuhrat qozondi. Dovjenkoning ilk ovozli filmi “Ivan”, shuningdek, “Aerograd”, “Shchors” badiiy filmlari, “xaloskorlik” kabi xujjatli — publisistik va “Michurin” badiiy filmlari kino san’ati taraqqiyotida muhim rol o’ynadi. “Guldagi hayot” pesasi va “dengiz haqida Doston”, “Sehrlangan Desna” kabi stsenariylar, anchagina hikoya, ocherklar, kino tarixi va nazariyasiga oid maqolalar ham yozgan. 1957 yil Kiyev kinostudiyasiga Dovjenko nomi berilgan.

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi


Uzpedia.uz