DOVIY



DOVIY (taxallusi; asl ismi Abdulhodi Abdulahad o’g’li) (1893 — Kobul — 1982.19.8) — afgon ma’rifatparvar shoiri, davlat va jamoat arbobi. Ilk she’riy kitobi (“toshqin”, 1945) pushtu tilida yozilgan. Sadriddin Ayniynshnt “Moziy va hol” (“o’tmish va bugun”) nomli she’riga tatabbu sifatida “jaridalar ta’rifi va foydalari haqida” (“dar ta’rif va favoyide jaroyid”, 1914) sarlavhali muxammas yozib, uning birinchi misrasida Mahmudxo’ja Behbudiy (1875-1919) tomonidan Samarqandda nashr etilgan “oyina” jurnali (1913— 15) haqida ijobiy fikr bildiradi. Ma’rifatparvarlik mavzuidagi “Bad nabud” (“yomon bo’lmasdi”, 1917), “to ba Kay?”(“Qachongacha”, 1918) hamda erkparvarlik ruxida yozilgan “Bulbule gereftor” (“tutqun bulbul”, 1917) nomli she’riy asarlari Shuhrat qozongan. Doviy 1920— 21 yillar Afg’onistonning Buxoro Respublikasidagi Favqulodda va Muxtor elchisi vazifasida ishlagan, 1923 yilda esa u Afg’oniston hukumatining favqulodda hay’ati rahbari sifatida ikkinchi bor Buxoroga kelib, rasmiy kishilar b-n muzokaralar olib borgan. Bu safarlari chog’ida Doviy Buxoro jadidlari bilan muloqotda bo’lgan. Abdurauf Fitrat (1886-1938) u haqda yaxshi fikrda bo’lgan. Doviy siyosiy, ijtimoiy, adabiy mavzularda yozilgan 20 dan ortiq kitob, risola va tarjimalar muallifi. Ad.: Inomxo’jaev R., Afg’oniston ma’rifatparvarlik adabiyoti ocherklari, T., 1999.

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi

Uzpedia.uz