DOVGOSTOV OLTIN KONI



DOVGOSTOV OLTIN KONI – Navoiy viloyatida joylashgan kon, Zarafshon shahridan 40 kilometr Janubda. 1967 yilda Ovminzatov — Beltovning Markaziy qismidagi tepalikda topilgan, razvedka va baholash ishlari 1970-73 yillarda bajarilgan. 1977-82 yillarda konda mukammal razvedka ishlarining 2-navbati olib borilgan. Konning geologik tuzilishida yuqori rifey terrigen (alevrolit, qumtosh, slaneslar) yotqiziqlardan iborat besopan svitasi ishtirok etgan. Dovgostov oltin koni uzunligi 2,5 kilometr, qalinligi 100-450 metr minerallashgan zonadan iborat. Ruda jismlari tomirsimon, uzunligi bir necha o’n metr bo’lib, 150-500 metr chuqurlikkacha davom etgan. 16 ta ruda jismi aniklangan. Dovgostov oltin koni asosiy rudali minerallari pirit, oltin bilan arsenopirit, antimonit; noruda minerallar — kvars, kaltsit, serisit; ikkinchi darajalilari — markazit, sfalerit, argentit. Dovgostov oltin koni — zaxiradagi kon.

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi


Uzpedia.uz