Douglas Santos




Douglas Santos (talaffuzi: Duglas Santos) — braziliyalik futbolchi, „Zenit“ klubi himoyachisi. 2016-yilda Rio-de-Janeyroda boʻlib oʻtgan Olimpiya oʻyinlari gʻolibi.

Jamoalardagi faoliyati



„Nautico Recife“ klubi tarbiyalanuvchisi. 2012-yilning 16-fevralida Pernambukano ligasida „Central“ga qarshi oʻyinda u asosiy jamoada debyut qilgan. 26-fevral kuni „Belo Jardim“ga qarshi kechgan duelda Santos „Nautico Recife“ safida ilk golini kiritgan. 19-iyul kuni „Ponte Preta“ qarshi oʻyinda Santos Braziliya A Seriyasida debyut qilgan. 2013-yilning yozida u Ispaniyaning „Granada“ klubiga oʻtib, besh yillik shartnoma imzolagan. Transfer summasi 2,3 million yevroni tashkil qilgan edi. Santos darhol Italiyaning hamkor klubi „Udinese“ jamoasiga ijaraga berilgan. Shu bilan birga keyin uni sotib olgan. 21-dekabr kuni „Livorno Calcio“ jamoasiga qarshi oʻyinda u Italiya A seriyasida debyut qilgan.

2016-yilning yozida Santos Germaniyaning „Hamburg“ jamoasiga koʻchib oʻtgan. Transfer summasi 7,5 million yevroni tashkil qilgan. 17-sentyabr kuni „RB Leipzig“ qarshi oʻyinda Germaniya Bundesligasida debyut qilgan. 2018-yilning mart oyida poytaxtning „Hertha“ klubiga qarshi kechgan duelda Duglas „Hamburg“ safidagi ilk golini urgan. Mavsum oxirida klub Ikkinchi Bundesligaga tushib ketdi, lekin Santos jamoada qoldi.

2019-yilning yozida Santos Rossiyaning „Zenit“ klubiga oʻtib, 5 yillik shartnoma imzolagan. Transfer summasi 10,8 million yevroni tashkil qilgan. U 14-iyul kuni „Tambov“ga (2:1) qarshi birinchi davradagi uy oʻyinida debyut qilgan.

Jamoadagi karyerasi



2013-yilda Braziliya yoshlar terma jamoasi tarkibida Santos Argentinada boʻlib oʻtgan Janubiy Amerika yoshlar chempionatida ishtirok etgan. Turnirda u oʻrinbosar boʻlgan va hech qachon maydonga tushmagan.

Yoshlar terma jamoasi tarkibida Santos ikki marta Tulondagi turnirda g‘olib chiqdi.

2016-yilda Braziliya olimpiya terma jamoasi tarkibida Santos Rio-de-Janeyrodagi Olimpiya oʻyinlarida gʻolib chiqdi. Turnirda u Janubiy Afrika, Iroq, Daniya, Kolumbiya, Gonduras va Germaniya jamoalariga qarshi oʻyinlarda ishtirok etgan.

2016-yil 30-may kuni Panamaga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvida Santos Braziliya terma jamoasi safida debyut qilgan. Oʻsha yili u AQShda boʻlib oʻtgan Amerika kubogida ishtirok etgan. Turnirda u zaxiradan maydonga tushmagan.

Statistikasi




Yutuqlari



Jamoaviy yutuqlari



„Atlético Mineiro“

Terma jamoadagi yutuqlari



Braziliya (U23)

Shaxsiy yutuqlari



Braziliya kumush toʻp sohibi: 2015-yil

Manbalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz