Douglas Gilmour




Douglas Robert Gilmour (talaffuzi: Duglas Robert Gilmour) (1963-yil 25-iyunda tugʻilgan) — kanadalik sobiq professional xokkeychi. Douglas Gilmour Milliy xokkey ligasining (NHL) yettita jamoasida 20 mavsum davomida faoliyat olib bordi. Douglas Gilmour 1982-yilgi NHL kirish loyihasida „St. Louis Blues“ xokkey klubi safiga 134-oʻrindagi tanlov asosida qabul qilindi. Douglas Gilmour 1983 va 2003-yillar oraligʻida NHLda 1474 oʻyinda maydonga tushib, 1414 ball toʻplashga muvaffaq boʻldi. Douglas Gilmour 1989-yilda „Calgary“ klubining aʼzosi saifatida Stanley kubogini va 1992—1993- yillarda NHLning eng yaxshi himoyachisi sifatida Frank J. Selke Trophy sovrinini qoʻlga kiritdi. Xalqaro miqyosda Douglas Gilmour oʻz faoliyati davomida uch marta Kanada milliy xokkey terma jamoasi vakili boʻlgan edi.

Douglas Gilmour Gary Gilmore bilan bir xil familiyaga ega boʻlgani uchun jamoadoshlari tomonidan unga „Killer“ laqabi berildi. Douglas Gilmour „Cornwall Royals“ xokkey klubi safida u uch mavsum oʻsmirlar xokkey jamoasida oʻynadi. Douglas Gilmour klub safida 1981-yilda Memorial kubogi chempionligini qoʻlga kiritdi. 1982—1983-yillardagi mavsumda Douglas Gilmour 177 ochko toʻplaganidan soʻng, Ontario xokkey ligasining (OHL) eng koʻzga koʻringan oʻyinchisi deb topildi. Douglas Gilmourning koʻrsatkichi liga tarixidagi eng yuqori koʻrsatkichlardan biri edi. Douglas Gilmour oʻzining xokkeychilik faoliyatidan soʻng OHLga qaytdi va 2008-yilda „Kingston Frontenacs“ xokkey jamoasiga bosh murabbiy sifatida qoʻshildi. Douglas Gilmour 2011-yilda bosh menejer lavozimiga koʻtarildi. Douglas Gilmour 2011-yilda Xokkey shon-shuhrat zaliga va Ontario sport shon-shuhrat zaliga kiritildi.

Yoshligi



Douglas Gilmour 1963-yil 25-iyunda Ontario shtatining Kingston shahrida tugʻilgan. U Don va Dolly Gilmourning kenja oʻgʻli hisoblanadi (uning David ismli akasi bor). Douglas Gilmourning otasi Don Kingston qamoqxonasida oʻttiz yildan ortiq ishlagan axloq tuzatish zobiti edi. Shuningdek, u shahardagi yoshlar beysbol va xokkey jamoalariga murabbiylik qilar edi. Yoshligida Douglas Gilmour 1976-yilda Quebecdagi Xalqaro Pee-Wee xokkey turnirida Kingstonning kichik xokkey jamoasi bilan oʻynadi.


Oʻyin faoliyati




Oʻsmir



Douglas Gilmour Quebec oʻsmirlar xokkey ligasi (QMJHL) vakili „Cornwall Royals“ xokkey jamoasi safiga 1980—1981-yilgi mavsumda qoʻshildi. Douglas Gilmour „Cornwall Royals“ xokkey klubi safida Memorial kubogi chempioniga aylandi. Shundan soʻng, Milliy chempion sifatida 'Cornwall Royals" xokkey klubi 1981-yilgi xokkey boʻyicha oʻsmirlar oʻrtasidagi jahon chempionatida Kanada milliy xokkey terma jamoasi sifatida Kanada sharafini himoya qildi. Douglas Gilmour turnirning barcha beshta oʻyinida maydonga tushdi, ammo u musobaqada ochko toʻplay olmadi. QMJHLdagi oʻyinlarda Douglas Gilmour suyagi singanligi tufayli oʻz klubiga yordam bera olmadi. Douglas Gilmourning klubi QMJHL chempionligini qoʻlga kiritib, 1981-yilgi Memorial kubogi yoʻllanmasiga egalik qildi. Douglas Gilmour Memorial kubogi doirasidagi oʻyinlarda beshta oʻyinda maydonga tushib, yetti ochko toʻpladi. „Cornwall Royals“ xokkey klubi chempionat oʻyinida Ontario xokkey ligasi (OHL) vakili „Kitchener Rangers“ xokkey klubi bilan toʻqnash keldi. Ushbu uchrashuvda „Cornwall Royals“ xokkey klubi 5-2 hisobida gʻalaba qozonib, milliy chempionlikni qoʻlga kiritdi.

1981-yilgi NHL kirish loyihasida Douglas Gilmour bironta klub tomonidan tanlanmadi va 1981—1982-yilgi mavsumda Douglas Gilmour Ontario xokkey ligasi (OHL) vakili „Cornwall Royals“ xokkey klubi safiga qaytdi. Douglas Gilmour klub safida 67 ta oʻyinda maydonga tushib, 119 ochko toʻplashga muvaffaq boʻldi. Shundan soʻng, Douglas Gilmour „St. Louis Blues“ xokkey klubi safiga 1982-yilgi NHLga kirish loyihasida 134-oʻrindagi tanlov asosida qabul qilindi. Shundan soʻng, Douglas Gilmour 1982—1983-yilgi mavsumda „Cornwall Royals“ xokkey klubi safida oʻynadi. Douglas Gilmour klub safida yetakchi to‘purar sifatida Eddie Powers Memorial Trophy sovrinini qo‘lga kiritdi. Douglas Gilmour, shuningdek, OHLning eng ko‘zga ko‘ringan o‘yinchisi sifatida Red Tilson Trophy sovrindori deb topildi. Douglas Gilmourning mavsumdagi jami 177 balli Ontario xokkey ligasi (OHL) tarixida Bobby Smith (192) va Wayne Gretzkylarning (182) ballaridan keyin uchinchi oʻrinni egalladi.

St. Louis Blues



Douglas Gilmour 1986-yilgi Stanley kubogi pley-off bosqichida „St. Louis Blues“ xokkey klubi safida eng yaxshi hujumkor toʻpurar sifatida oʻynadi. Douglas Gilmour musobaqada 19 ta oʻyinda maydonga tushib, 21 ochko toʻplashga muvaffaq boʻldi. 1986—1987-yilgi mavsumda Douglas Gilmour klub safida NHLda 105 ball toʻpladi. Douglas Gilmour ushbu mavsumda 42 ta gol urishga muvaffaq boʻldi. Bu natija Douglas Gilmourning faoliyatidagi bir mavsumdagi eng yuqori natijasi boʻldi. Shundan soʻng, Douglas Gilmour 1987-yilgi Kanada kubogida Kanada milliy xokkey terma jamoasi safiga qoʻshildi. Ushbu turnirda Kanada milliy xokkey terma jamoasi chempionlikni qoʻlga kiritdi. Douglas Gilmour terma jamoa safida turnirda ikkita gol urdi.

Calgary Flames



Douglas Gilmour 1988—1989-yillardagi NHL mavsumini „Calgary Flames“ xokkey klubi bilan boshladi.

Keyingi mavsumda „Calgary Flames“ xokkey klubi NHLning eng yaxshi muntazam mavsum jamoasi sifatida Prezident kubogini qoʻlga kiritdi. Douglas Gilmour „Calgary Flames“ xokkey klubining 1989-yilgi Stanley kubogi finaliga chiqishida hal qiluvchi rol oʻynadi. Douglas Gilmour „Calgary Flames“ xokkey klubining „Los Angeles Kings“ xokkey klubiga qarshi oʻyinida ajoyib oʻyin koʻrsatdi. Douglas Gilmour klub bilan toʻrtta oʻyinning uchtasida gol urdi va asosiy gollarga assistentlik qildi. Shu bilan birga, Douglas Gilmour „Los Angeles Kings“ xokkey klubi yulduzi Wayne Gretzkyga oʻzining hujumkor oʻyinini koʻrsatishiga toʻsqinlik qilishda ham samarali rol oʻynadi. Douglas Gilmour „Calgary Flames“ xokkey klubining pley-off bosqichida 22 ta oʻyinda 11 ta gol va 11 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Finalning oltinchi oʻyinida, „Montreal Canadiens“ xokkey klubiga qarshi oʻyinda, Douglas Gilmour klub safida ikkita gol urishga muvaffaq boʻldi. Shundan soʻng, Douglas Gilmour „Calgary Flames“ xokkey klubining birinchi Stanley kubogini qoʻlga kiritishiga yordam berdi.

Keyingi faoliyati



Douglas Gilmour 1997-yilda „New Jersey Devils“ xokkey klubi safiga qoʻshildi.

1998-yilning yozida Douglas Gilmour „Chicago Blackhawks“ xokkey klubi bilan erkin agent sifatida shartnoma imzoladi. Douglas Gilmour „Chicago Blackhawks“ xokkey klubida ogʻir kunlarni boshdan kechirdi. Chunki klub turnir jadvalining quyi yarmida joylashgan edi. Shundan soʻng, Douglas Gilmour keyingi mavsumda jamoa sardori etib tayinlandi.

2000-yilning bahorida, „Blackhowks“ klubi tomonidan Douglas Gilmour chap qanot himoyachisi JP Dumont bilan birga hujumchi Michael Grosek evaziga „Buffalo Sabres“ xokkey klubiga almashtirildi. Douglas Gilmour bir mavsum oldin Stanley kubogi finalchisi boʻlgan „Buffalo Sabres“ xokkey klubiga pley-offga chiqishga yordam berdi. Biroq pley-offda „Buffalo Sabres“ xokkey klubi „Philadelphia Flyers“ klubi tomonidan beshta oʻyinda magʻlub etildi.

Douglas Gilmour 2001-yilda „Montreal Canadiens“ xokkey klubi bilan erkin agent sifatida shartnoma imzoladi. Klub oʻsha mavsumda pley-offga chiqdi, lekin „Carolina Hurricanes“ xokkey klubi bilan boʻlgan oʻyinda magʻlub boʻldi.

Douglas Gilmour NHLdagi faoliyati davomida 1474 ta oʻyinda 450 ta gol va 964 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

2009-yil 31-yanvarda Douglas Gilmourning 93 raqami „Toronto Maple Leafs“ xokkey klubi tomonidan Air Canada markazida raftersga koʻtarildi. Douglas Gilmour „Maple Leafs“ klubi tomonidan shunday mukofotlangan oʻn yettinchi xokkeychi boʻldi. Douglas Gilmour 2011-yilda Xokkey shon-sharaf zaliga kiritildi.

Murabbiylik faoliyati




Toronto Maple Leafs va Toronto Marlies (AHL)



2006-yil 15-sentyabrda „Toronto Maple Leafs“ xokkey klubi Douglas Gilmour klub safida oʻyinchilarni rivojlantirish boʻyicha maslahatchi boʻlib ishlashini eʼlon qildi. Douglas Gilmour bu lavozimda 2008-yil 7-avgustgacha faoliyat olib bordi. Shundan soʻng, Douglas Gilmour „Toronto Maple Leafs“ xokkey klubining Amerika xokkey ligasi filiali „Toronto Marlies“ xokkey klubiga, bosh murabbiyi Greg Gilbert qoʻl ostida, yordamchi murabbiy sifatida qoʻshildi. Douglas Gilmour 2008-yilning noyabr oyida Ontario xokkey ligasi (OHL) vakili „Kingston Frontenacs“ xokkey klubi bosh murabbiyi boʻlish uchun klubni tark etdi.

Kingston Frontenacs




Douglas Gilmour 2008-yil 17-noyabrda „Kingston Frontenacs“ xokkey klubi bosh murabbiyi etib tayinlandi. Douglas Gilmour „Kingston Frontenacs“ xokkey klubi bilan mavsumni soʻnggi 45 oʻyinida 13-27-5 rekordi bilan yakunladi va jamoa pley-offga chiqa olmadi.

2009—2010-yilda, klubdagi birinchi toʻliq mavsumida, Douglas Gilmour jamoani Ontario xokkey ligasi (OHL) pley-off bosqichiga chiqishiga yordam berdi. „Kingston Frontenacs“ xokkey klubi pley-offning birinchi bosqichida „Brampton Battalion“ xokkey klubiga qarshi maydonga tushdi va klub imkoniyatni qoʻldan boy berdi. Mavsumdan soʻng, Douglas Gilmour „Kingston Frontenacs“ xokkey klubi bilan besh yillik yangi shartnoma imzoladi.

2010—2011-yilgi mavsumda Douglas Gilmour klub bilan pley-off musobaqasiga chiqdi. Lekin musobaqada klub „Oshawa Generals“ xokkey klubiga imkoniyatni boy berdi. Mavsum yakunida Douglas Gilmour „Kingston Frontenacs“ klubi bosh murabbiyligi lavozimini tark etdi. Shundan soʻng, u klubga bosh menejer etib tayinlandi.

Keyinchalik, Douglas Gilmour bosh menejer lavozimini tark etdi. 2017-yilda Douglas Gilmour „Kingston Frontenacs“ xokkey klubi prezidenti boʻldi. 2019-yilda Douglas Gilmour jamoani tark etib, „Maple Leafs“ jamoasi prezidenti boʻldi.

Shaxsiy hayoti



Douglas Gilmour uch marta uylangan va toʻrtta farzandi bor. Douglas Gilmourning qizi Maddison (hozirda xokkeychi Evan McGrathga turmushga chiqqan) Robyne Gilmour bilan birinchi nikohidan tugʻilgan. Ikkinchi turmushi Amy Gilmourdan oʻgʻillari Jake va Tyson ismli farzandlari bor. Douglas Gilmourning qizi Victoria hozirgi rafiqasi Sonya Gilmour bilan turmushidan tugʻilgan.

Faoliyat statistikasi




Muntazam mavsum va pley-off oʻyinlari




Xalqaro




Murabbiylik natijalari




Yana qarang




Manbalar




Havolalar




uz.wikipedia.org


Uzpedia.uz