Douglas A. Blackmon
Douglas A. Blackmon (1964-yilda tugʻilgan) — amerikalik yozuvchi va jurnalist. 2009-yilda „Slavery by Another Name: The Re-Enslavement of Black Americans from the Civil War to World War II“ kitobi uchun Pulitzer mukofotiga sazovor boʻlgan.
Tarjimai holi
Blackmon Arkansas shtatining Stutgart shahrida tugʻilgan va Missisipi deltasida, Missisipi shtatining Leland shahrida oʻsgan. Uning soʻzlariga koʻra, 6000 aholisi boʻlgan kichik shaharcha oq va qora tanlilar oʻrtasida teng taqsimlangan. XX asr oʻrtalariga kelib fuqarolik huquqlari faolligi oshdi. Shaharcha qora tanli ishchilar oʻrtasida plantatsiyalar ish tashlash joyi edi. Blackmon Hendrix kollejini tamomlagan.
Faoliyati
Douglas dastlab Arkansas Demokrati uchun muxbir boʻlib ishlagan. Keyinchalik Little Rock’da Daily Record’ning boshqaruvchi muharriri sifatida faoliyat yuritgan. Soʻng Atlantaga koʻchib oʻtdi va u yerda Atlanta Journal-Constitution jurnalida muxbir boʻlib ishladi. 1995-yilda Blackmon The Wall Street Journal jurnalida ishlay boshladi va 2012-yilda uning Atlantadagi byurosi boshligʻi boʻldi. U yerda boʻlganida, Douglas „Deep Trouble“ hikoyasi sababli 2011-yilgi yirik gazetalar uchun Jerald Loeb mukofotini qoʻlga kiritidi.
2008-yilda Blackmon "Lavery by Another Name: The Re-Enslavement of Black Americans from the Civil War to World War II" nomli asarini nashr etdi. Unda Amerika fuqarolar urushidan keyin janubdagi peonaj va mahkumlar ijaraga olingan mehnat tarixi oʻrganildi. Abraham Lincoln qullikni bekor qilgandan soʻng Douglas ozodlikka yoʻl olgan oʻn minglab qullar va ularning avlodlari haqidagi hikoyalarni ochib berdi. 2009-yilda Blackmon „Slavery by Another Name“ uchun Pulitzer mukofotiga sazovor boʻldi.
Manbalar
uz.wikipedia.org