DOU TSZYAN-DE



DOU TSZYAN-DE (572-621) – Xitoyda Suy davlati zulmiga qarshi ko’tarilgan dehqonlar qo’zg’oloni (610— 624) ning rahbarlaridan biri. Shandun viloyatidagi qishloqlardan birining oqsoqoli bo’lgan vaqtida qo’zg’olonchilarga yordam bergani uchun ta’qib ostiga olinib, butun urug’-aymog’i qirib tashlangan. Shundan so’ng u 617-621 yillarda Xebey viloyatidagi qo’zg’olonga rahbarlik qilgan. Qo’zg’olonchilar qo’shini soni 100 ming kishidan ortgan. Qo’zg’olonchilar qo’l ostiga o’tgan hududlarda Dou Tsyan-De rahbarligida Sya nomli dehqonlar podsholigi o’rnatilgan. Suy davlati qulagach, Dou Tsyan-De qo’shinlari tan hukumatiga qarshi kurashgan. Janglardan birida yarador bo’lib, asir olingan va qatl etilgan.

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi

TEZ YUK MARKAZ

Yuk markaz elonlari yuk yuborish va yuk tashish

Guruhga kirish


Uzpedia.uz