DOTATSIYA



DOTATSIYA (lotincha dotatio — tuhfa) — 1) ma’lum xarajatlarni qoplash uchun iqtisodiyotning bir sub’ekta tomonidan ikkinchisiga qaytarib bermaslik sharti bilan pul mablag’i berilishi. Dotatsiya, odatda, davlat byudjetidan ajratiladi. Ammo firmalar, korporasiyalar va uyushmalar o’z tarkibiga kiruvchi turli bulinma va shoxobchalarga ham moliyaviy ko’mak tariqasida Dotatsiya beradi. Dotatsiyadan maqsad moliyaviy ko’makka muxtojlarning qo’shimcha xarajatlarini qoplab, ularning daromad va xarajatlarini muvofiqlashtirishdir. Byudjetdan beriladigan Dotatsiya aholini ijtimoiy himoyalashni ham mo’ljallaydi. Bunda korxona va tashkilotlarning ijtimoiy ahamiyatga ega bo’lgan tovar va xizmatlarni arzon narxda sotishidan kuradigan zarari qoplanadi. O’zbekistonda bozor islohotlarining dastlabki kezlarida barcha aholini qimmatchilikdan himoya etish uchun iste’mol tovarlari xalqqa arzon narxda sotilib, bundan ko’rilgan zarar davlat byudjeti Dotatsiyasi hisobidan qoplandi. Shuningdek, kommunal uy-joy xizmatlariga ham Dotatsiya berildi. Bunday Dotatsiya uchun 1988 yilda O’zbekistan Respublikasi byudjetidan 14,4 milliard so’m, 1999 yil esa 19,3 milliard so’m Dotatsiya ajratildi; 2) muayyan fuqaro yoki alohida tashkilotlarga qurilgan zararni qoplash yoki belgilangan maqsadlar uchun davlat tomonidan pul mablag’larining ajratilishi.

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi


Uzpedia.uz