Dota Underlords
Dota Underlords — Bu Valve kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan videooʻyin boʻlib. Oʻyin dastlab 2019-yilda Erta kirish dasturining bir qismi sifatida chiqarilgan. Toʻliq versiya 2020-yilda Windows, macOS, Linux, Android va iOS platformalari uchun chiqarilgan. Dota Underlords Drodo Studio tomonidan ishlab chiqilgan Dota 2 uchun Dota Auto Chess modining mustaqil versiyasidir.
Oʻyin jarayoni
Bir oʻyinda bir vaqtning oʻzida 8 ta foydalanuvchi ishtirok etishi mumkin. Har bir oʻyinchi shaxmat taxtasiga Dota 2 olamining turli qahramonlarini qoʻyishi kerak, ularning har biri oʻziga xos xususiyatlarga va qobiliyatlarga ega boʻlib. Oʻyindagi janglar „1ga 1“ formatida boʻlib oʻtadi. Jang tugagandan soʻng, oʻyinchilar yangi qahramonlarni sotib olish uchun ishlatilishi mumkin boʻlgan oltin tangalarni olishadi, yutqazgan oʻyinchi esa sogʻliq ballarini yoʻqotadi. Barcha 100 ochkoni yoʻqotgan oʻyinchi oʻyindan chetlatiladi. Oʻyin faqat bitta oʻyinchi qolguncha davom etadi.
Ishlab chiqilishi
Dota Underlords Valve korporatsiyasi tomonidan Windows, macOS, Linux, Android va iOS platformalari uchun ishlab chiqarilgan. Oʻyin Dota 2 hamjamiyati tomonidan yaratilgan mashhur oʻyin rejimi Dota Auto Chess ga asoslangan boʻlib . Dota Auto Chess tezda mashhur bo‘ldi va 2019-yil apreliga kelib 7 milliondan ortiq o‘yinchiga ega bo‘lganligi sababli, Valve modni ishlab chiquvchilari Xitoyning Drodo Studio kompaniyasi bilan mustaqil versiya ustida birgalikda ishlashni muhokama qilish uchun uchrashishdi. Biroq, ikki kompaniya kelishuvga erisha olmadi va ikkalasi ham oʻzlarining alohida oʻyinlarini ishlab chiqishdan manfaatdor ekanligini taʼkidladilar. Oʻyin Source 2 ichki oʻyin mexanizmi yordamida ishlab chiqilgan. Shu bilan birga, Underlords mobil platformalarda chiqarilgan ushbu dvigatelga asoslangan birinchi oʻyin boʻldi.
Chiqarish
Valve 2019-yil may oyida Dota Auto Chess modining o‘z versiyasini ishlab chiqqanini eʼlon qildi. Dota Underlords -ning chiqarilishi erta kirish dasturining bir qismi sifatida amalga oshirildi. 2019-yilgi Dota 2 Battle Pass egalari 2019-yil 13-iyun kuni yopiq beta-testga kirish huquqiga ega bo‘lishdi. 2019-yil 17-iyun kuni Battle Pass egalari har biri boshqa foydalanuvchilarga tarqatishlari mumkin bo‘lgan 3 ta beta-versiya kalitlarini ham oldilar. 2019-yil 20-iyunda Windows, macOS, Linux, iOS va Android platformalarida ochiq beta-test boshlandi.
Valve oʻyinni bir necha oy davomida Erta kirish rejimida saqlashni va 2019-yilda keyinroq chiqarishni rejalashtirayotganini, Underlordsga: qayta oʻynash tizimi, reytingli oʻyinlar, kundalik qiyinchiliklar mukofotlar kabi, shuningdek, battle pass xususiyatlarni boʻlishini taʼkidladi. Dota Underlords kompyuter va mobil foydalanuvchilari oʻrtasida toʻliq platformalararo oʻyinni taʼminlaydi, bu esa oʻyinchilarga bir platformada oʻyinni erkin boshlash va boshqa platformada tugatish imkonini beradi .
1.0 versiyasi 2020-yil 25-fevralda chiqarildi.
Sharhlar
Poligon Underlords -ni Dota Auto Chess -ning kloni deb atadi va ular oʻyin yangi oʻyinchilarni jalb qilishi mumkin ammo, asl mod bilan koʻp oʻxshashlik janr faxriylariga Underlords oʻynash uchun sabab topishga xalaqit berishi mumkinligini taʼkidladi. Tanqidchilar, shuningdek, Dota -ning yana bir Valve tomonidan ishlab chiqilgan muvaffaqiyatsizlik deb topilgan spin-off Artifact oʻyini bilan solishtirdi.
Manbalar
uz.wikipedia.org