Dostonbek Tursunov




Dostonbek Tursunov (13-iyun 1995-yilda tugʻilgan) — oʻzbek futbolchisi, „Paxtakor“ va Oʻzbekiston milliy terma jamoasida markaziy himoyachi sifatida toʻp suradi.

Futbolchilik faoliyati



Professional faoliyatining ilk yillarida Fargʻonaning „Neftchi“ jamoasida oʻynagan. 2016-yilda „Qoʻqon 1912“ jamoasida oʻynagan. 2017-yilning birinchi yarmida Bekobodning „Metallurg“ jamoasida toʻp surgan. 2017-yildan yana „Neftchi“da oʻynab, sardorga aylandi. 2018-yilning dekabr oyida u Yaponiyaning „Renofa Yamaguchi“ga oʻtib, ikki yillik shartnoma imzoladi.

Oʻzbekiston yoshlar terma jamoasi safida 24 oʻyin oʻtkazib, ikkita gol urgan. 2018-yilning may oyida u oʻz mamlakati terma jamoasida debyut qilgan.

Terma jamoadagi faoliyati



Milliy terma jamoadagi ilk debyut uchrashuvini 2018-yili oʻtkazgan. Shu vaqtga qadar u milliy terma jamoa safida 5ta oʻyinda ishtirok etib kelgan.

Statistika




Manbalar




Havolalar





uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz