Doston Ubaydullayev
Doston Rustamovich Ubaydullaev (Ubaydullayev) (1982-yil 30-mart, Toshkent, Oʻzbekiston SSR) — oʻzbek aktyori, qoʻshiqchisi va teleboshlovchi. Nihol mukofoti sovrindori.
Soʻnggi yillarda Doston Ubaydullaev xayriya-insonparvarlik ishlariga ishtirok etib kelmoqda. U Yurak amri insonparvarlik loyihasining asoschilaridan biri hisoblanadi.
Hayoti
Doston Ubaydullaev 1982-yil 30-martda Toshkent shahrida sanʼatkorlar va ziyolilar oilasida tugʻilgan. Oilaning kenja farzandi. Uning otasi Rustam Ubaydullayev (1952—2019) taniqli oʻzbek sanʼatkori va doira sanʼati ustasi edi.
Sanʼat sohasidagi faoliyati
Doston Ubaydullaev sanʼat sohasidagi faoliyatini 1988-yilda „Tomosha folklor ansanbli“ da solist sifatida rollar va qoʻshiqlarni ijro etishdan boshlagan.
„Tangalik bolalar“ (1990), „Opa singillar“ (1991), „Payshanbadan payshanbagacha“ (1991), „Seni oʻzim boy qilaman“ (2016) filmlarida rol ijro etgan.
Xonanda koʻpgina davlat tadbirlariga qatnashib, konsertlar bergan. Nihol mukofoti sovrindori boʻlgan. Faoliyati davomida turli sabablarga koʻra Oʻzbeknavo va Oʻzbekkonsertdan ogohlantirishlar olgan. Bir qoʻshigʻiga olingan klipini televideniyeda koʻrsatilishiga Oʻzbekkonsert ruxsat bermagan.
Xayriya-insonparvarlik tadbirlaridagi ishtiroki
Doston Ubaydullaev soʻnggi yillarda xayriya-insonparvarlik ishlariga ishtirok etmoqda. U Yurak amri insonparvarlik loyihasining asoschilaridan biri hisoblanadi.
Filmografiyasi
Manbalar
uz.wikipedia.org