Do‘stobod




Doʻstobod — Toshkent viloyatidagi shahar (1983-yildan). Quyi Chirchiq tumani markazi. 1996-yilgacha Soldatskiy qishlogʻi. Angren daryosi Sirdaryoga quyilish joyiga yaqin yerda joylashgan. Yaqin temir yoʻl stansiyasi — Kuchlukkacha 38 km. D.dan Toshkentgacha boʻlgan masofa 66 km. Aholisi 35 ming kishi (2022), asosan oʻzbeklar, shuningdek, qozoq, koreys, rus, tojik va b. millat vakillari ham yashaydi. D.da 3 sanoat korxonasi, 2 qurilish idorasi, 3 umumiy taʼlim maktabi, 20 dan ziyod maʼmuriy, davlat tashkilotlari, 40 dan ortiq xususiy korxona, 1 qoʻshma korxona, 300 oʻrinli kasalxona, poliklinika, madaniyat uyi, madaniyat va is-tirohat bogʻi, sport majmui mavjud.

Manbalar




uz.wikipedia.org


Uzpedia.uz