Doʻstmurod Saidmurodov
Doʻstmurod Saidmurodov (1931-yil 2-fevral, Samarqand viloyati, Oʻzbekiston SSR, SSSR – 2021-yil 5-iyul, Dushanbe, Tojikiston) – davlat arbobi, oʻqituvchi, sharqshunos, tarix fanlari nomzodi, dotsent, professor. U Tojikistonda xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi, Tojikiston Fanlar akademiyasi aʼzosi.
Hayoti
Doʻstmurod Saidmurodov 1931-yil 2-fevral kuni Oʻzbekiston SSRga qarashli boʻlgan Samarqand viloyatida tugʻilgan. Oʻrta maktab taʼlimini olgach, 1945-yili Samarqand davlat universitetiga oʻqishga qabul qilinadi. Ushbu oliygohni 1949-yili muvaffaqiyatli tamomlaydi.
U 1951-yildan 1953-yilgacha Samarqand shahridagi „Qizil qalʼa“ mahallasidagi maktabda tarix fanidan dars bergan. Doʻstmurod Saidmurodov 1958-yildan 1960-yilgacha Tojikiston fanlar akademiyasining sharqshunoslik boʻlimi xodimi sifatida faoliyat yuritdi. U 1960-yili Rossiya fanlar akademiyasining sharqshunoslik institutining aspirantura bosqichiga oʻqishga qabul qilinadi. Doʻstmurod Saidmurodov 1963-yili Afgʻonistonning Jalolobod shahridagi qurilish boʻlimida tarjimon sifatida faoliyatini davom ettirdi. U 1963-yildan 1965-yilgacha Dushanbe markaziy Kommunistik maktabida tarix fanidan dars berdi. 1969-yildan 1972-yilgacha Tojikiston sotsialistik partiyasida masʼul xodim boʻlib ishladi. Doʻstmurod Saidmurodov 1980-yildan 1983-yilgacha Afgʻoniston Respublikasidagi partiyalarning birida diplomat sifatida faoliyat yuritdi. U 1983-yil Tojikiston davlat sharqshunoslik instituti rektori etib tayinlanadi. 1985-yildan 1986-yilgacha Tojikiston davlat televideniyesidagi „Axborot“ dasturida teleboshlovchilik qilgan. U koʻplab ilmiy ishlar va maqolalar muallifi. Uning ilmiy maqolalari Moskva, Sankt Peterburg, Toshkent, Tehron, Qobul va Praga shaharlarida chop etilgan.
Doʻstmurod Saidmurodov 2021-yil 5-iyul kuni Tojikiston Respublikasiga qarashli boʻlgan Dushanbe shahrida vafot etadi.
Manbalar
uz.wikipedia.org