Doʻstmuhammad, Xurshid




Xurshid Doʻstmuhammad (asl ismi Xurshid Doʻstmuhamedov ) (1951.8.1, Toshkent) — yozuvchi, jurnalist. Toshkent universitetining jurnalistika fakultetini tugatgan (1973). „Fan“ nashriyoti hamda „Fan va turmush“ jur.da muharrir va boʻlim muharriri (1973— 83), „Qishloq haqiqati“ gaz.da muxbir (1983-84), „Yosh kuch“ jur.da boʻlim muharriri, bosh muharrir oʻrinbosari, bosh muharrir (198495), Respublika Prezidenta devonida masʼul xodim (1995—97), „Hurriyat“ gaz.da bosh muharrir (1997—2002) va Ommaviy axborot vositalarini demokratlashtirish va qoʻllab-quvvatlash ijtimoiy-siyosiy jamgʻarmasida hamrais (1997—2004). „Oʻzbekiston matbuoti“ jur.ning bosh muharriri (2002—05), Oʻzbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasining rais oʻrinbosari (2004 — 05). Oʻzbekiston „Milliy tiklanish“ demokratik partiyasi Markaziy kengashi raisi (2004). Dastlabki kitobi — „Hovli etagidagi uy“ (1989). Shundan keyin yozuvchining „Panoh“, „Oromkursi“, „Soʻroq“, „Sof oʻzbekcha qotillik“, „Mahzuna“, „Ibn Mugʻanniy“, „Yolgʻizim — Siz“, „Koʻz qorachigʻidagi uy“, ayniqsa, „Jajman“ (1997) asarlari, shuningdek, „Hijronim mingdir mening“ (2000) qissa va hikoyalar toʻplami, „Yolgʻiz“ qissa va maqolalar toʻplami, „Bozor“ (2000) romani nashr etilgan. X. D., shuningdek, qatagʻon qurbonlaridan birining fojiali taqdiriga bagʻishlangan „Hamid Aʼlamovning aytolmagan gaplari“ xotiraessesi va „Jurnalist boʻlmoqchimisiz?“ (2002) risolasi, „Chayongul“ kinossenariysi muallifi (2000). X. D. 1 va 2 chaqiriq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining deputata. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi deputati, Axborot va kommunikatsiya texnologiyalari masalalari qoʻmitasi raisi (2005-yildan).

Manbalar




uz.wikipedia.org


Uzpedia.uz