DO’STMUHAMEDOV MUHAMMADJON (1898, Chust — 1952, Namangan) — sozanda (tanbur) va Hofiz. O’zbekistan xalq hofizi (1946). Usta Ro’zimatxonning shogirdi. Hofizlik san’atini Azizxon Hofiz (Chust), Abdurazzoq Hofiz (Marg’ilon), Abdurahmon Hofiz (Namangan) va Sodirxon Hofiz (Xo’jand) lardan o’rgangan. Do’stmuhamedov Namangan ishchi-yoshlar guruhida, “Sharq”, “Sayyor” truppalarida, Chust teatrida ishlagan. Namangan musiqali drama teatrida (1936-39), Muqimiy teatrida (1939-42) sozanda va Xofiz. Kuchli va jarangdor ovoz soxibi. Repertuaridan ashula (“Ohkim”, “Yovvoyi Ushshoq”, “Izlarman”, “Kelibsan”, “Turfa mehring”, “Shafoat”, “Maktub” va boshqalar), Farg’ona—Toshkent maqom yo’llari (“Bayot”, “Chorgoh” va boshqalar) o’rin olgan. 1940-41 yillari V. Uspenskiy Do’stmuhamedovdan katta ashula va zikr yo’llarini nota yozuviga tushirgan.
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish