DO’STMATOV DO’NAN (1905 – Namangan viloyati Norin tumani Toshloq qishlog’i — 1979) — xalq hashari bilan amalga oshirilgan irrigatsiya qurilishlari novatori. 1929 yildan jamoa xo’jaligi (hozirgi “Bo’ston” shirkat xo’jaligi) a’zosi, hosilot (1936-39), jamoa xo’jaligi raisi (1947-48), zveno boshlig’i (1949-63). 1965 yildan shaxsiy pensioner. Do’stmatov Katta Farg’ona kapali (1939) qurilishida kundalik mehnat normasini ko’p marta ortig’i bilan bajarishni boshlab bergan do’stmatovchilik harakatining tashabbuskori. Kosonsoy suv ombori, Farhod GES kabi qurilishlarda qatnashgan. Andijon viloyati Kuyganyor qishlog’ida haykali qo’yilgan.
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish