Doʻstlik (shahar)




Doʻstlik  — Jizzax viloyatidagi shahar (1983-yildan). Doʻstlik tumanining maʼmuriy markazi. Viloyat markazi Jizzaxdan 52 km. Temir yoʻl stansiyasi. Shahardan yirik avtomagistral yoʻli oʻtgan. Aholisi 16 ming kishi (2000). Asosan oʻzbeklar, shuningdek, rus, qozoq, tatar va boshqa millat vakillari ham yashaydi. Doʻstlikda 2 qoʻshma korxona, oʻsimlik moyi ishlab chiqaruvchi firma, „Doʻstlikdon“ aksiyadorlik jamiyati, umumiy taʼlim maktablari, biznes maktabi, litsey, tibbiyot bilim yurti, sport majmuasi, tennis korti, kutubxona, markaziy kasalxona, xotira memorial majmuasi mavjud.

Manbalar




uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz