Doʻst sonlar




Doʻst sonlar — har biri ikkinchisining boʻluvchilari yigʻindisiga teng boʻlgan uch natural son ( t va p ). Masalan, 220 va 284 doʻst sonlardir. 220 sonining boʻluvchilari: 1, 2, 4, 5, 10, 11, 20, 22, 44, 55, 110; bularning yigʻindisi 284 ga teng . 284 sonining boʻluvchilari: 1, 2, 4, 71, 142; bularning yigʻindisi 220. Doʻst sonlar tushunchasini dastlab Pifagor kiritgan. U shu mezon yordamida 17296 va 18416 sonlarning "doʻst"ligini koʻrsatgan edi (k=4 ga toʻgʻri keladi). Bu doʻst sonlarlarni Ferma va Dekart 17-asrda qayta topdilar. Doʻst sonlarning chekli yoki cheksiz ekanligi maʼlum emas.

Adabiyot




uz.wikipedia.org


Uzpedia.uz