DO’ST MUHAMMAD IBN SULAYMON



DO’ST MUHAMMAD IBN SULAYMON (7-1550) — xattot va musavvir. Safaviylardan Bahrom Mirzo va shoh Tahmosb saroyida xizmat qilgan. Baxrom Mirzo kutubxonasida tuzilgan muraqqaga so’z boshi sifatida xattotlik va musavvirlikka oid risola bitgan (1544-45, Istanbuldagi To’pqopu muzeyida). Tadqiqotchilar risolani “holati xunarvaron” (“san’atkorlar ahvoli”) deb nomlagan. Unda xat-yozuvning kelib chiqishi, Markaziy osiyolik, ta’liq va nasta’liq yozuvlari ustalari, musavvirlik san’ati va musavvirlar (jumladan Abdulxay Jahongir Buxoriy va boshqalar) haqidagi ma’lumotlar bayon qilingan. Do’st Muhammad ko’chirgan qo’lyozma va xat namunalari Sankt-Peterburgdagi ommaviy kutubxonada saqlanadi.

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi


Uzpedia.uz